QURBON HAYIT BAYRAMI MUBORAK BO’LSIN

No comments »

Qurbon hayiti muborak bo’lsin. 😊
Alloh ta’olo sizdan va bizdan qilgan ibodatlarimiz va amallarimizni qabul etsin va davomiy qilsin.
Mustahkam iymon, hotirjamlik va oilangizga fayz-baraka tilab qolaman.

O`quvchilarimiz bo`sh vaqtlarini qiziqarli va maroqli o`tkazishga harakat qilishyapti.

No comments »

                        

         

«Экибана» ko`rik tanlovi

No comments »

12 aprel kuni maktabimizda o’quvchilar o’z qo’llari bilan tayyorlagan «Экибана»larni taqdim etishdi.

Tadbirda barcha sinf o`quvchilari qatnashishdi.

Hay’at azolari o’quvchilar qo’llari bilan yasagan gullarni  diqqat bilan kuzatishib g’oliblarni aniqlashdi.

                              

                               

                                

G’oliblarni taqdirlash ta’dbiri.

No comments »

Bugun maktabimizda «Bilimlar bellashuvi » va Olimpiada g’oliblarini taqdirlash ta’dbiri o’tkazildi.Tadbirda maktab ma’muriyati va a’lochi o’quvchilari qatnashishdi.G’oliblarni maktab direktoriXalilov D.Sh , o’quv  bo’limi bo’yicha direktor o’rinbosari Mirbaratova F.M  va maktab Yoshlar ittifoqi yetakchisi  tabriklashdi.O’quvchilar faxriy yorliqlar va maktab nomidan  esdalik sovg’alari  bilan taqdirlanishdi.

Tadbirda musiqi ko’rinishlar ham bo’ldi.Maktab iqtidorli o’quvchilar o’z nomerlari bilan barchani hursand qilishdi.

 

Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag’ishlangan tadbirdan lavhalar.

No comments »

Fevral oyi-matematika va informatika fan oyligi.

No comments »

Maktabimiz o’qituvchilari fan oyligida namunali ochiq darslar o’tqazishdi.

8-fevral Alisher Navoiyni tavallud kuniga bag`ishlangan tadbirdan lavxalar

No comments »

Alisher Navoiy xalqimizning ongi  va  fakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir  davirni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi, millatimizning g’ururi, sha`n-u sharafini dunyoga tarannum qilgan o’lmas so’z san`atkoridir

.

I.A.Karimov-O‘zbekiston mustaqilligining asoschisi va yetakchisi

No comments »

Jahon sivilizatsiyasida alohida o‘rin tutadigan, ko‘p asrlik boy tarixga ega O‘zbekiston diyorida butun dunyoga mashhur olimlar, davlat arboblari yetishib chiqqan. Buyuk xalq, buyuk el buyuk zotlarni yaratadi.

O‘zbekiston mustaqillik tomon yo‘l tutar ekan 1989-yilning yoz oylari va     1990-yilning bahorida O‘zbekiston hayotida uning rahbarligida burilish davri bo‘ldi. Xuddi shu paytlarda o‘zbek halqining taqdirini hal qiladigan taraqqiyot yo‘llari ishlab chiqildi. Xususan, teng huquqli Mustaqil O‘zbekistonning inson manfaatini himoya qilish ustivor vazifa deb maqsad qo‘ygan demokratik yo‘lda rivojlanishi bosh strategik yo‘nalish deb belgilandi. Ana shu yo‘lning boshida, 1989-yilning iyunidan O‘zbekistonning rahbari, 1990-yilni martidan O‘zbekiston Respubikasining Prezidenti sifatida Islom Abdug‘aniyevich Karimov turdi.

O‘zbekiston xalqining istiqlol yillarida erishgan eng katta yutug‘i-mamlakatda o‘rnatilgan tinchlik, barqarorlik, tartib intizomdir. Respublika aholisining mutlaq ko‘pchiligi (97,5 foizi) bunday sharoitga bevosita I.A.Karimovning yetakchiligida erishildi deb hisoblaydi.

I.A.Karimov yangi davrning jahon miqyosidagi davlat arbobi, O‘zbekiston xalqining buyuk yo‘lboshchisi sifatida mamlakatninggina emas, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning qator nishonlari va faxriy unvonlari bilan taqdirlandi.

                                                             

Tilga etibor -elga etibor. 21-oktabr Til Bayrami

No comments »

Maktabimizda  Til  Bayramiga bag`ishlangan   tadbir bo`lib  o`tdi . Tadbirda  sevimli shoiramiz Umida  Abduazimova  mexmon bo`ldi.  Shoira tadbirga  quruq  qo`l  bilan kelmadi , aksincha o`quvchilarga  esdalik  uch  o`zining yangi  sheriy  to`plami  bilan xushnid  qildi.

      

No comments »

Безымянный 62

O’qituvchi – mas’uliyatli va mashaqqatli kasb, og’ir va davomli mehnatni, sabr-toqatni talab qiladigan savobli ish. Insoniyat kamoloti uchun bugun bilimi, iqtidori va hayotini baxsh etgan ustozlarning xizmatlarini hamma zamonlarda ham kishilar hurmatlab, o’zlarini esa e’zozlab kelishgan.

                                                               IMG_20170930_1222004

O’qituvchi bog’bonga o’xshaydi. U tarbiyalab o’stirgan nihollarning hosili qanchadan-qancha avlodlarni bahramand qiladi. O’qituvchi va murabbiylarning ma’suliyatli, ammo sharafli kasblarini bir mash’alaga qiyos etish mumkin.

Aziz ustozlar! Bayramingiz muborak bo’lsin!